Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 20 kg kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning tarqalishi oldi olindi.
Mazkur moddalar muqaddam sudlangan 30 yoshli D. va 26 yoshli F. ismli shaxslar tomonidan Boʻstonliq tumanida sotilayotgan vaqtida fosh qilingan.
Daliliy ashyo sifatida olingan kuchli taʼsir qiluvchi dorilarning narxi 8 mlrd soʻmga baholanib, poytaxt IIBB maʼlumotiga koʻra, 100 ming insonni zaharlashi mumkin boʻlgan.
Ayni paytda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251-moddasi va 246-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.