Mazkur holatni Toshkent shahar IIBB oʻrganib, rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 8-avgust kuni taxminan soat 18:30 larda 1960-yilda tugʻilgan M.I., Mirzo Ulugʻbek tumani Buyuk ipak yoʻli koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining orqa tarafidagi yoʻl chetida oʻtirgan voyaga yetmagan 2015-yilda tugʻilgan Sh.U.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Mazkur holat boʻyicha jabrlanuvchining ota-onasi tomonidan IIOga ariza tushmagan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 129-moddasi (“Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.