Toshkentda aholidan kommunal xizmatlar uchun kelib tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish holatlari aniqlandi

    Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholidan kommunal xizmatlar uchun kelib tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan MCHJ masʼul shaxslari jinoiy javobgarlikka tortildi.

    Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi tomonidan holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tekshiruvlarda “V.E.” CHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, koʻp qavatli uylarda yashovchi aholidan kommunal xizmatlar uchun kelib tushgan 264,7 mln soʻmni MCHJning hisob-raqamiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.