Toshkentda ASB bilan kasallangan bolalar akademiyasi tashkil etildi

    Mamlakatimizda 4 Aprel 2022 1861

    Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi boshchiligida Autizm spektri buzilgan bolajonlar uchun Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi tashkil qilingan. Ushbu Akademiya Samarqand xayriya marafoni 2020 ning eʼlon qilingan natijalaridan biridir.

    Samarkand Marathon Bolalar Akademiyasi – bu ASB bolajonlarimiz uchun yangi ixtisoslashtirilgan ijodiy maydondir. Akademiya “Navroʻz” istirohat bogʻida joylashgan boʻlib, unda ijodiy va interaktiv mashgʻulotlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shu jumladan: dam olish maskani, ijod ishlari bilan shugʻullanadigan ustaxona, hovli, ota-onalar uchun kutish maydoni. Ushbu akademiya oʻsmirlar va yosh bolalar uchun mavjud boʻladi.

    “Maqsadimiz bolajonlarimiz ijtimoiy muhitga toʻgʻri integratsiyalashuviga yordam berish, ularning moslashishiga, mustaqil boʻlishga va jamiyatda munosib oʻrin topishga yoʻnaltirishdir.“Samarqand marafon” bolajonlar akademiyasi ham ana shu maqsad sari qoʻyilgan dastlabki qadamlardan biridir. Bu makon ota-onalar bir-birini qoʻllab-quvvatlashi, fikr va tajriba almashishi mumkin boʻlgan joyga aylanadi. Biz sanʼat va ijodiy izlanishlar orqali reabilitatsiya jarayoni uchun munosib muhitni taʼminlash uchun mahalliy va xalqaro mutaxassislarni jalb qilamiz”, — deydi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi rais oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva

    Akademiya bolalar va ularning ota-onalari uchun reabilitatsiya markaziga aylanadi, bu esa ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

    Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktori Gayane Umerova: “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan 4 yil mobaynida tashkillashtirayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurishi oʻtkazilyapti. Biz oʻz oldimizga xayriya sport va madaniy tadbirlar orqali Oʻzbekistonda inklyuziv muhitni rivojlantirishni keng koʻlamli vazifani qoʻyganmiz”.