Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19-fevral kuni taxminan soat 12.35 larda Yashnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida noma’lum shaxs shu maktab o‘quvchisi 2011 yilda tug‘ilgan M.O.ni to‘xtatgan. So‘ng bolaning qo‘lidan ushlab: “Shu maktabda tahsil olasanmi?” deb so‘ragan. Voyaga yetmagan M.O. ushbu shaxsni tanimagani uchun u bilan gaplashmasligini bildirib, qo‘yib yuborishini aytgan va uyiga ketgan.
Bola hozirda ota-onasining yonida sog‘-salomat holatda.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
O‘rganishlar jarayonida videoda aks etgan shaxs 1994 yilda tug‘ilgan M.U. ekanligi aniqlangan.
Shuningdek, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi ta’kidlangan.