Toshkentda beton plitasi orasida qisiqib qolgan fuqaro qutqarib olindi

    Toshkent shahar FVBga “112” yagona raqami orqali Olmazor tumanida qurilish jarayonida fuqaro beton plitasi orasiga siqilib qolgani haqida xabar kelib tushdi, deya xabar beradi FVV.

    Xabarda aytilishicha, fuqaroga zudlik bilan amaliy yordam zarur boʻlgan.

    Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qutqaruv maxsus asbob-anjomlari yordamida fuqaroni chiqarib olgan.

    Qutqaruvchilarning tezkor saʼy-harakatlari natijasida fuqaroning hayoti saqlab qolingan hamda tibbiyot xizmati xodimlariga topshirilgan.