Toshkentda bolaning qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi

    Ijtimoiy hayot 22 Fevral 2023 1193

    Toshkent shahri Yashnobod tumanida 19-fevral kuni maktab oʻquvchisini toʻxtatib, shubhali harakat qilgan erkakka 21-fevral kuni sud hukmi oʻqildi.

    Erkakning taʼkidlashicha, bola shu vaqtda shoshilib yugurib ketayotgan boʻlgan. U esa yiqilib tushmasin, degan maqsadda qoʻlidan ushlab qolgan.

    “Yaxshi bola ekan. Salom ham berdi. Qayerga ketyapsan, desam, qiz oʻrtogʻimnikiga dedi. Kulgim qistab, qolgan savolni berishimga ulgurmasimdan bu yerdan ayol kishining bolani qoʻyib yubor, degan ovozi keldi. Keyin, mayli onasining nazoratida ekan deb, qoʻyib yubordim”, — deydi sudlanuvchi.

    Sud hukmiga koʻra, erkak hududda mayda bezorilik sodir qilgan deb topildi. Ushbu harakatlari sabab Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan erkakka 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.