Qayd etilishicha, voqea shu yilning 10-mart kuni soat 16:10 larda Shayxontohur tumani Beruniy-Paxta koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 1983-yilda tugʻilgan M.A. boshqaruvida boʻlgan “BYD” rusumli avtomashinasi hamda 2003-yilda tugʻilgan Z.F. boshqaruvidagi “Kavasaki” rusumli mototsikli oʻzaro toʻqnashgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.