Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, ushbu ogohlantirish yuborilganidan keyin 5 (besh) kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmagan 6 ming ta abonentning elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyatiga bugundan vaqtincha cheklov joriy etildi.
Ayni paytda Toshkent shahri kesimida chiqindi xizmatlaridan jami 582 mln soʻmdan ortiq debitor qarzdorlik mavjud.
Eslatib oʻtamiz, mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq darhol yechiladi.
Maʼlumot oʻrnida: ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha boʻlgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi. 2025-yilning 1-iyulidan chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun joriy yilning 5-noyabridan boshlab qoʻllanilmoqda.
Sanitar tozalash korxonalari chiqindi toʻlovlarini hisoblashda aniqlik va haqqoniylik uchun javobgar hisoblanadi!
Mazkur tartib joriy yilning dekabr oyidan boshlab respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi.