Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, reyd davomida tumandagi Boʻgʻobod MFY Foziltepa koʻchasidagi qurilish obyekti hududida bir tup chinor daraxtining tag qismi fuqaro I. D. tomonidan atayin betonlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 1 million 500 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. D.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari — 18 million 750 ming soʻm jarima belgilandi. Huquqbuzar qilmishi uchun jami 20 million 250 ming soʻm tovon toʻlaydigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, MJtKning 79-moddasiga koʻra, daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.