Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH sodir etildi

    Bugun, 15-sentabr kuni Toshkent shahrida elektrobus va Nexia mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

    Aytilishicha, bugun soat 09:23 da Mirobod tumani Sayhun ko‘chasida svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobus oldidan Nexia mashinasi chiqib qolishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

    Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatda hech kim tan jarohati olmagan, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.

    “Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.