Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB va Yakkasaroy tumani IIO FMB tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida 1973-yilda tugʻilgan, N.Doniyor oʻzini shubhali tutganligi sababli toʻxtatilib xolislar ishtirokida tekshirilgan.
Shaxsiy tintuv jarayonida uning yonidan 5 gr oʻtkir hidli jigarrang saqichsimon modda topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Surishtiruvlar davomida u yashab kelayotgan uyning yoʻlak qismiga 79 dona qora sellofan paketga oʻralgan jigarrang oʻtkir hidli moddalar va jigarrang quritilgan oʻtsimon modda aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlangan ashyoviy dalillar yuzasidan “Sudga oid kimyoviy ekspertiza“ tayinlanib, hujjatlar tergov boʻlimiga taqdim etildi, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlandi.