Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus orqali bozordagi narxlar barqarorligi va mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni samarali yoʻlga qoʻyish imkoniyati yaratiladi.
Muloqotda aholini hamyonbop va sifatli goʻsht bilan taʼminlash, narxlarni barqarorlashtirish hamda xaridorlar uchun qulay bozor muhitini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar goʻsht yetkazib berish zanjiri, logistika, bojxona va soliqqa tortish tartiblari, veterinariya nazorati bilan bogʻliq bir qator muammolarni koʻtarib chiqdi. Ularning ayrimlari shu yerning oʻzida hal etildi, qolganlari esa tegishli idoralar tomonidan nazoratga olindi.
Shahar hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari bu taklifni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirishdi.
Uchrashuvda Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Veterinariya va oziq-ovqat xavfsizligi qoʻmitasi, prokuratura hamda boshqa masʼul idoralar vakillari ishtirok etib, tadbirkorlar bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.
Toshkent shahar hokimligi oziq-ovqat xavfsizligini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, aholini goʻsht va boshqa muhim mahsulotlar bilan uzluksiz va barqaror taʼminlash ishlari davom ettirilishini taʼkidladi.









