Alimkent koʻchasida harbiylar uchun qurilgan 7 ta 10 qavatli uydan Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun 350 ta xonadon kalitlari topshirilmoqda.
Yangi xonadonlar kaliti vatanimiz tinchligini saqlash, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash, mudofaa va xavfsizlik yoʻlida xizmat qilayotgan harbiylar uchun haqiqiy sovgʻa boʻldi.