Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.A. fuqaro M.M.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.U. va A.P. fuqarolar I.E. va I.U.ga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 20 mln soʻmni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.