Unga ko‘ra, "2-Charx Kamolon” mahallasida joylashgan ko‘pqavatli uylarning birining tom qismiga 2 nafar maktab o‘quvchilari chiqqan.

Ta’kidlanishicha, mahallada joylashgan 128-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari S.M. va M.I.lar atrofni tomosha qilmoqchi bo‘lgan. 

Tuman hokimligining voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya raisi o‘rinbosari A.Hatamov boshchiligida mazkur o‘quvchilar va ularning ota-onalari, maktab ma’muriyati, psixolog inspektorlar, tuman hokimligidagi bolalarni himoya qilish shu’ba mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan muloqot jarayonida o‘quvchilar bu ishni qilganidan pushaymon ekanini aytib kechirim so‘ragan.

"Ota-onalar ham bolalarni bundan keyin qattiq nazorat ostiga olishlarini bildirdi. Maktab ma’muriyati va tuman Bolalarni himoya qilish sho‘basi mutasaddilariga S.M va M.I.ga nisbatan qonun doirasida tegishli chora ko‘rish topshirildi", deyiladi xabarda.