Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt kesishga oid navbatdagi qonun buzilishi holati aniqlandi.

Oʻrganish natijasida Yunusobod tumani 7-mavzesi, "Astrobod" MFY hududida Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahrida faoliyat yurituvchi mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari ikki nafar ishchi yollab, ikki dona chinor daraxtini kestirgani maʼlum boʻldi. 

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qarori 4-ilovasiga asosan, tabiatga 204 mln 105 ming soʻm zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va kerakli chora-tadbirlarni koʻrish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.