Toshkentda ilk bora Qahva va Choy-2022 festivali boʻlib oʻtadi

    Bo'sh vaqtda 12 May 2022 3035

    13-15-may kunlari Moviy gumbazlar xiyobonida birinchi Qahva va Choy-2022 festivali — Tashkent Coffee & Tea Festival 2022 boʻlib oʻtadi.

    Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, festival mehmonlari qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklarini tatib koʻrishlari mumkin boʻladi.

    Tea&Coffee Expo koʻrgazmasida Oʻzbekistonning eng yaxshi qahva qoviruvchilaridan qahva donalarini xarid qilsa boʻladi. Festival sohaning barcha yangiliklarini taqdim etib, qahva damlash uchun aksessuarlarni ham namoyish etadi. Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa oʻz qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishlari mumkin.

    Dasturdan seminarlar, maʼruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi toʻgʻrisida davra suhbati va boshqa koʻplab tadbirlar oʻrin olgan.

    Festival tashkilotchilari: Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Baristalar uyushmasi va “Makon” telekanali.