Toshkentda janjal sabab haydovchi “Gentra”ni odamlar ustiga haydadi

    Ijtimoiy tarmoqlarda janjal sabab haydovchi “Gentra” rusumli avtotransport vositasini odamlar ustiga haydagani haqida xabarlar tarqaldi.

    Maʼlumotlarga koʻra voqea shu yilning 7-fevral kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Taxtapul koʻchasida tungi soat 03:20 larda sodir boʻlgan.

    Poytaxt YHXBning maʼlum qilishicha, bir necha fuqarolar oʻzaro gap talashib tortishib janjallashishi oqibatida oq “Gentra” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi bir necha fuqarolarning ustiga qarab avtomashina boshqargan. Shundan soʻng janjal ishtirokchilari ularga qarata kelayotgan avtomobilga chap bergan va mashina ortga qaytganida ikki kishi unga qarata tosh otgan.

    Janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolar tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan va avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.