Yo'l harakati qoidasini buzgan haydovchi protokol bilan tanishgach,  uning mashinasi jarima maydoniga yuborilgandan so'ng, hujjat o'rnatilgan tizimga kiritiladi.

"Haydovchi o'zining barcha ma'lumotlari joylashtirilgan Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati  veb-saytida ro'yxatdan o'tishi kerak.

SHundan so'ng haydovchiga jarima miqdori va huquqbuzarning avtomashinasi joylashgan jarima maydoni haqida SMS-xabar keladi.

SHuningdek, avtomobil egasi inspektorga barcha zarur hujjatlarni masofadan turib taqdim qilishi va Internet orqali jarimani to'lashi mumkin.

Agar sinov rejimi muvaffaqiyatli yakunlansa, ushbu tizim respublika bo'ylab amalga oshiriladi.