Toshkentda kameralar avtobus yoʻlaklarida toʻxtagan mashinalarga bir kunda 175 ta jarima qoʻlladi

    Transport 26 Dekabr 2023 386

    Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alisher Navoiy koʻchalariga oʻrnatilganlaridan 5 tasi toʻliq ishga tushirildi.

    Joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Ichki ishlar vazirligi “Xavfsiz shahar” markazi, Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Idoralararo tezkor shtabi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda, Toshkent shahridagi tirbandlik yuqori boʻlgan koʻchalar, avtobuslar harakati uchun ajratilgan maxsus A yoʻlaklarga toʻxtash va toʻxtab turish qoidabuzarliklarini aniqlovchi intellektual videokuzatuv kameralaridan 30 tasi obyektlarda oʻrnatildi.

    Hozirda mazkur 30 ta intellektual videokuzatuv kameralarining Amir Temur va Alisher Navoiy koʻchalariga oʻrnatilganlaridan 5 tasi toʻliq ishga tushirildi.

    2023-yil 24-dekabr kuni mazkur koʻchalarda toʻxtash va toʻxtab turish qoidalarini buzgan 175 ta transport vositalari haydovchilariga nisbatan, belgilangan tartibda MJtKning 128/6-moddasiga asosan, BHMning ikki barobari - 680 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.