23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Kompaniyaning MDH davlatlari bilan ishlash boʻyicha direktori Bey Kyu poytaxt vakillarini samimiy qarshi olib, qoʻshma korxonaning Shveysariya sifatining fundamental tamoyillari asosida shahar mobilligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish boʻyicha olib borayotgan ishlari haqida gapirdi.

Sh.Umurzakov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmalariga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, “yashil” jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirdi.

Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yoʻnalishlari koʻrib chiqish uchun taklif etildi.

Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yoʻnalishdagi barcha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” oʻrtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan boʻlib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” loyiha ofisiga yuboriladi.

Kompaniya, oʻz navbatida, uning xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini taʼminlaydi.

Maʼlumot uchun:

“Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” Xitoy va Shveysariyaning “Bartholet Maschinenbau AG” kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, kanat yoʻllari, istirohat bogʻlari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Suratda kompaniya mutaxassislari tomonidan shahar rivoji, aeroport va Ekspomarkazining ishga tushirilishi, shuningdek, boʻlajak xalqaro tadbirlarni hisobga olgan holda transport holatini oʻrganish asosida taklif etilgan loyihalar namunalari koʻrsatilgan.