Toshkent shahar hokimligining qaroriga koʻra, pulli toʻxtash joylari quyidagi 5 ta tarif zonasiga (1 soat uchun) boʻlinadi:

1 – tarif zonasi — 12 ming soʻm;

2 – tarif zonasi — 10 ming soʻm;

3 – tarif zonasi — 8 ming soʻm;

4 – tarif zonasi — 6 ming soʻm;

5 – tarif zonasi — 5 ming soʻm;

Quyidagi toifadagi transport vositalaridan toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydi:

  • Favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki koʻk-qizil miltillovchi chiroq va maxsus ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari;
  • old va orqa oynalarida “7.17” yoʻl belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari);
  • II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi;
  • davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan ikki gʻildirakli transport vositalari.

Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat koʻrsatish, tibbiyot, sport, madaniy-koʻngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam boʻlmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.