Qayd etilishicha, Toshkent shahar FVBga shu kuni kech soat 18:30 da Yakkasaroy tumani, Boshliq mavzesida joylashgan, koʻp qavatli uyning yertoʻlasida, yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borib, yongʻin soat 18:45 oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.