2022-yil 7-noyabr kuni soat 22:00 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Navoiy-Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan V.P. boshqaruvidagi “Lexus” rusumli hamda haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan S.I. boshqaruvidagi "Captiva" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
To‘qnashuv natijasida "Captiva" avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Hodisa natijasida ikkala haydovchi va yo‘lovchilari tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.