Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun soat 14:30 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida “Matiz” rusumli avtomashinasi va “Nexia-3” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi. Yoʻl transport hodisasi oqibatida “Nexia-3” rusumli transport vositasida yongʻin yuzaga keldi.

“Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisiga esa birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.