Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xayriya yarmarkasi “Mo'jizalar vaqti” tashabbuskor guruhi tomonidan shu nom ostida o'tkazilmoqda. Tadbir O'zbekiston Ko'ngillilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi hamda tadbirni qo'llab-quvvatlagan homiylar ko'magida tashkil etilyapti.
Yarmarkada to'plangan barcha mablag'lar ishtirokchi tashkilotlarga topshirilib, kelgusida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ishlariga sarflanadi.
Tashkilotchilar bilan bog'lanish: +998 90 9778988