Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 14-avgust kuni tungi soat 23:40 larda Chilonzor tumani Muqimiy koʻchasida haydovchi 2002-yilda tugʻilgan O.T. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi, haydovchi 1990-yilda tugʻilgan Sh.Y. boshqaruvidagi “Monza” rusumli avtomashinasi, haydovchi 2005-yilda tugʻilgan U.M. boshqaruvidagi Mototransport (skuter) vositasi, haydovchi 1999-yilda tugʻilgan M.N. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohat olganlar aniqlanmagan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.