Toshkentda “Muzeylar haftaligi” boshlandi. Kirish bepul

    Turizm 3 Sentabr 2022 1478

    Joriy yilning 2-sentyabridan “Muzeylar haftaligi” tadbiri boshlandi.

    Unga koʻra, kelgusi yetti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun quyidagi muzeylarga kirish bepul:

    — Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi;
    — Abdulla Qodiriy uy muzeyi;
    — Yunus Rajabiy uy muzeyi;
    — Oʻrol Tansiqboyev uy muzeyi;
    — Tamaraxonim uy muzeyi;
    — Sergey Yesenin uy muzeyi.

    Taʼkidlash kerakki, hamyurtlarimiz bir hafta davomida muzeylarga tashrif buyurib, milliy muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan tanishishlari mumkin.

    Maʼlumot uchun, “Muzeylar haftaligi” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori 8-ilovasidagi nizomga koʻra har yili 2–8-sentabr kunlari oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.

    Eslatib oʻtamiz, har oyning birinchi yakshanbasida ham muzeylarda “ochiq eshiklar kuni” oʻtkazilmoqda.