Toshkentda niqobli shaxslar koʻchadagi daraxtni kesib ketishdi

    Yarim tunda koʻchadagi daraxti kesib ketgan niqobli shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tumanida tun soat 00:55 atrofida niqob kiygan ikki nafar nomaʼlum shaxs "Lasetti" rusumli avtomashinada fuqaro M.Z.ning uyiga kelib, uyi oldidagi daraxtni kesib tashlashgani haqida Toshkent shahar IIB ga murojaat kelib tushgan.

    Murojaatga asosan koʻrilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni 1989-yilda tugʻilgan O.U. va 1990-yilda tugʻilgan N.G‘.lar sodir etganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.