Hammasi 2015-yilning dekabr oyi oxirida boshlandi. Oʻshanda fuqaro S. M. (ism-shariflar oʻzgartirilgan) dala-hovliga borib, bobosining yotoqxonasidan jangovar holatdagi bir dona “Stechkin” (APS) rusumli oʻqotar qurol va uning bir dona 9 mm. li oʻqini bobosiga bildirmasdan oʻgʻirlaydi. Soʻng uni qonunga xilof ravishda oʻzi istiqomat qiladigan uyning yotoqxonasiga yashiradi. Keyin Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan ”Monamour” fotostudiyasi oldida, mazkur 1 dona “Stechkin” (APS) rusumli oʻqotar toʻpponcha va 1 dona 9 mm. li oʻqini fuqaro D. G. ga 500 AQSH dollariga sotib berish sharti bilan oʻtkazgan.

Shundan soʻng D. G. shu kuni kechqurun mazkur oʻqotar qurol va oʻqni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, A.Yassaviy MFY, Mingterak koʻchasidagi yangi qurilgan koʻp qavatli uylar oldida boʻla turib, A. X. ga 600 AQSH dollari evaziga sotib berish sharti bilan oʻtkazgan. A. X. esa oʻqotar qurol va oʻqni oʻz uyida saqlab kelib, 2020-yil yanvarda Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida Ya. Sh. ga 600 AQSH dollari evaziga sotgan.

Ya. Sh. oʻz navbatida qurol va oʻqni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida sinfdoshi O. E. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasining old yoʻlovchi oʻrindigʻi ostida yashirib olib ketayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, undan yuqorida koʻrsatilgan oʻq otar qurol va oʻq daliliy ashyo sifatida olinganligi sababli oʻzining jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafarbek Nurmatovning “Aniq.uz”ga maʼlum qilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 2020-yil 24-iyunda ayblanuvchilarning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud hukmidan ayblanuvchilar norozi boʻlib keltirilgan apellyatsiya shikoyati rad etilib, sud hukmi apellyatsiya bosqichida oʻzgarishsiz qoldirilib, javobgarlik muqarrarligi taminlangan.

Hammasi 2015-yilning dekabr oyi oxirida boshlandi. Oʻshanda fuqaro S. M. (ism-shariflar oʻzgartirilgan) dala-hovliga borib, bobosining yotoqxonasidan jangovar holatdagi bir dona “Stechkin” (APS) rusumli oʻqotar qurol va uning bir dona 9 mm. li oʻqini bobosiga bildirmasdan oʻgʻirlaydi. Soʻng uni qonunga xilof ravishda oʻzi istiqomat qiladigan uyning yotoqxonasiga yashiradi. Keyin Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan ”Monamour” fotostudiyasi oldida, mazkur 1 dona “Stechkin” (APS) rusumli oʻqotar toʻpponcha va 1 dona 9 mm. li oʻqini fuqaro D. G. ga 500 AQSH dollariga sotib berish sharti bilan oʻtkazgan.

Shundan soʻng D. G. shu kuni kechqurun mazkur oʻqotar qurol va oʻqni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, A.Yassaviy MFY, Mingterak koʻchasidagi yangi qurilgan koʻp qavatli uylar oldida boʻla turib, A. X. ga 600 AQSH dollari evaziga sotib berish sharti bilan oʻtkazgan. A. X. esa oʻqotar qurol va oʻqni oʻz uyida saqlab kelib, 2020-yil yanvarda Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida Ya. Sh. ga 600 AQSH dollari evaziga sotgan. Ya. Sh. oʻz navbatida qurol va oʻqni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida sinfdoshi O. E. boshqaruvidagi “Spark” avtomashinasining old yoʻlovchi oʻrindigʻi ostida yashirib olib ketayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, undan yuqorida koʻrsatilgan oʻq otar qurol va oʻq daliliy ashyo sifatida olinganligi sababli oʻzining jinoiy maqsadini oxiriga yetkaza olmagan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafarbek Nurmatovning “Aniq.uz”ga maʼlum qilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 2020-yil 24-iyunda ayblanuvchilarning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sud hukmidan ayblanuvchilar norozi boʻlib keltirilgan apellyatsiya shikoyati rad etilib, sud hukmi apellyatsiya bosqichida oʻzgarishsiz qoldirilib, javobgarlik muqarrarligi taʼminlangan.