Marosimda Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo'yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin ishtiroki kutilmoqda. Shu bilan birga o'zbek estradasi yulduzlarining kontserti o'tkaziladi.
Bayram dasturlarini tomosha qilish istagidagi va shaxsiy konkiga ega bo'lgan muzda uchish ishqibozlari uchun kirish bepul. Shuningdek, maydon oldida muzda uchishga mo'ljallangan aksessuarlar ijarasi punkti xizmati yo'lga qo'yiladi.