Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 22-iyunga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Gumonlanuvchilar voqea joyiga Gentra rusumli avtomashinada kelishgan. Ular kompaniya direktorining kabinetiga bostirib kirib, hujjatlar, fleshkarta va 560 ming dollar boʻlgan seyfni oʻgʻirlab ketishgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni oʻrganib, talonchilarning shaxsini aniqladi.
Xodimlar Andijon shahrida yashirinishga uringan gumonlanuvchilardan birini qoʻlga oldi. U qarindoshlarining uyida ushlanib, Toshkentga olib kelingan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxslarning uyidan seyfni ochish uchun ishlatgan uskunalar topilgan, seyfni esa suvga tashlab yuborilgan.
Gumonlanuvchi oʻgʻirlangan pullarning bir qismini sherigiga berganini aytdi. U oʻziga “Honda” mototsikli sotib olishga muvaffaq boʻlgan va Qirgʻizistonga qochish uchun oʻzida 10 ming dollar qoldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda zarar toʻliq qoplangan. Mototsikl musodara qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.