Portlash shu kuni soat 00:45 atrofida Shayxontohur tumani Qoratosh koʻchasida sodir boʻlgan. Bayram bahona yigʻilgan bir nechta fuqarolar avtoyoʻlni ajratib turuvchi toʻsiqqa mushakbozlik qilish maqsadida qoʻlbola usulda yasalgan oʻt oʻchirish moslamasini joylashtirgan. Tagidan olov yoqilishi oqibatida moslama portlab, boʻlaklarga boʻlinib ketgan.

Ichki ishlar vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, portlash oqibatida M.S. (1997-yilda tugʻilgan) qorin yumshoq toʻqimalari lat yeyishi, M.A. (1999-yilda tugʻilgan) oʻng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati hamda X.N. (2006-yilda tugʻilgan) oʻng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notoʻliq amputatsiyasi tashxisi bilan turli koʻrinishdagi tan jarohati olgan.

Toshkent IIBB esa ikki fuqaro (1996-yilda tugʻilgan M.A. va 2006-yilda tugʻilgan X.N.) jarohatlanganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan I.A., U.M., A.L., Z.X. ismli fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi (portlash xavfi boʻlgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.