6-12-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan musobaqada sayyoramizning eng kuchli dzyudochilari bahs olib boradi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) rasmiy saytida Toshkentda oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoalar oʻz sportchilarini roʻyxatdan oʻtkazishni boshlashdi. IJF.org saytida Bagam orollari va Markaziy Afrika Respublikasi ushbu musobaqada ishtirok etadigan dzyudochilarini birinchilardan boʻlib roʻyxatdan oʻtkazgani koʻrinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mazkur dunyo birinchiligi yurtimizda ilk bor tashkil etilmoqda. Bugun bellashuvlar startiga 211 kun qoldi.