Musobaqa doirasida uch bor Osiyo va Jahon rekordlari yangilangan.
Jumladan, KXDR vakilasi Von Xyom Sin ayollar oʻrtasida -45 kg vazn toifasidagi siltab koʻtarish bahslarida 86 kg toshni boʻysundirgan holda Osiyo (84 kg) va jahon (85 kg) rekordini yangiladi.
Ikkinchi holat ham KXDR vakilasida yuzaga keldi. Ayollar oʻrtasida -49 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Ri Song Gum siltab koʻtarish dasturida 125 kg toshni oʻziga boʻysundirdi va Osiyo hamda Jahon (124 kg) rekordini yangiladi. U, shuningdek, ikki kurash yakuniga koʻra 220 kg natija bilan avvalgi rekordni yangiladi (Osiyo va Jahon: 216 kg).