Yurtimiz vakillari mehmonlarni poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida kutib oldi. Nufuzli tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov, Belarus` Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A. Subbotin, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi, O'zbekiston-Belorusiya ishbilarmonlar kengashining O'zbekiston tomonidan hamraisi A.Ikromov, Belorusiya Savdo-sanoat palatasi raisi, O'zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining Belarus tomoni hamraisi V.Ulovovich va mas'ul vazirliklar hamda idoralardan vakillar, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Belorusiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda eksportbop mahsulotlar savdosini yanada takomillashtirish borasida so'z bordi. Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov o'z nutqida so'nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta'kidladi.
Belorussiya Respublikasi O'zbekistonning o'nta asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik mamlakatlar o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismidir. Shu jihatdan, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari ham mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo'shmoqda.
Shuningdek, tadbirda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining “B2B” va “B2G” formatidagi uchrashuvlari tashkil etildi. Ochiq muloqotlar, istiqbolli loyihalar va kelishuvlarni ishlab chiqishni o'z ichiga olgan o'zaro manfaatli yo'nalishlarni aniq belgilashga hamda O'zbekiston va Belorusiya ishbilarmon doiralari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning samarali formatini yaratishga imkon berdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston-Belorusiya ishbilarmonlar kengashining harakatlar rejasini imzolash marosimi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2022 yilga mo'ljallangan harakatlar rejasini to'laqonli amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirib, kelgusida amaliy natijalarga erishilishiga ishonch bildirdi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilda Belorusiyada O'zbekiston ishbilarmon doiralari ishtirokida "Made in Uzbekistan" ko'rgazmasi, 2020 yil 25-26 fevral kunlari Toshkentda O'zbekiston va Belorussiya qishloq xo'jaligi mahsulotlari, qishloq xo'jaligi texnikasi va agrosanoat majmuasi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida Agroforum, 2020 yil 16 iyundan 19 avgustga qadar Belorusiya Savdo-sanoat palatasi tomonidan 200 dan ortiq o'zbek kompaniyalari ishtirokida "Made in Belarus" onlayn-ko'rgazmasi tashkil etilgan.