Bu borada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikning yagona platformasini yaratish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyormiz. Forum ishiga muvaffaqiyatlar, uning doirasidagi muhokamalar va tajriba almashinuvi esa samarali, qardosh xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi tashabbuslar uchun poydevor boʻlishini tilayman, — deydi Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov.
Qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori media yoʻnalishida ham jadal va tizimli tus olgani barchamizni xursand qiladi.
Bu jarayonda bugungi kunda davlat va jamiyatning barqaror hayotiga jiddiy tahdid solayotgan dezinformatsiyaga qarshi birgalikda kurashish alohida ahamiyatga ega.