Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, markaz binosining tantanali ochilish marosimida mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Bosh shtab boshligʻi general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, xorijiy mamlakatlar elchixonalarining harbiy attashelari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda ommaviy axborot vositalarining xodimlari ishtirok etdilar.

Mudofaa vazirining shaxsiy tarkibni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga koʻra, bir guruh harbiy xizmatchilar hamda qurilish, taʼmirlash jarayonida faollik koʻrsatgan mutasaddilar taqdirlanishdi. Soʻzga chiqqanlar jamoani yangi qulaylik va imkoniyatlar bilan qutlab, tinglovchilarning xalqaro doiralarda hamisha erkin muloqotga kirisha olishlariga tilak bildirishdi.

Markaz xodimlari mehmonlarga xorijiy tillarni oʻqitishda multimedia va lingvistik laboratoriya imkoniyatlari, oʻqitishning zamonaviy metodikalari, Axborot-resurs markazi haqida batafsil maʼlumot berdilar.

Tadbir doirasida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan taqdim etilgan badiiy dastur ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Shundan soʻng mehmonlar markazning oʻquv binosi, yotoqxona va oshxonasini borib koʻrdilar.