Bu haqda Oʻzgidromet xabar qildi.
Maʼlumotga koʻra:
- PM10 — 267,3 mkg/m³ (roʻxsat etilgan meʼyor — 300 mkg/m³). Koʻrsatkich meʼyordan oshmagan.
- PM2,5 — 187,2 mkg/m³. Bu roʻxsat etilgan meʼyor (60 mkg/m³)dan 3,1 barobar yuqori.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu holatga havo haroratining keskin oʻzgarishi ham taʼsir koʻrsatgan. Bunday sharoitda inversiya jarayoni yuzaga kelib, mayda zarrachalarning havoda toʻplanishiga olib keladi.
Aholi va poytaxt mehmonlariga ochiq havodagi faoliyatni kamaytirish, tashqi muhitga chiqqanda niqob taqib yurish kabi ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etildi.