Mazkur xalqaro musobaqada Gruziya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston terma jamoalarining yosh qilichbozlari ishtirok etmoqda.

Bugungi bellashuvlarda shpaga yoʻnalishi boʻyicha 13 yoshgacha boʻlgan 100 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro musobaqa 2025-yilning 15–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Zulxumor Akbarov