4-6-iyun kunlari boʻlib oʻtgan musobaqada qitʼaning 16ta mamlakatidan 350 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi sambochilari deyarli barcha yoʻnalishlarda jamoaviy bahslarda 1-oʻrinni egallashdi.
Musobaqa davomida Afgʻoniston, Iordaniya, Eron va Iroq vakillari ham medallarni qoʻlga kiritishdi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.