Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Toshkent shahar boshqarmasi boʻlim mudiri O.X. “N.Sh.” MCHJning 4 nafar ishchi xodimiga sogʻlomligi toʻgʻrisida tibbiy daftarcha tayyorlab berishi evaziga MCHJ rahbaridan 1,7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi, deya xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.