Loyihaning bosh tadbiri – “Milliy bogʻ” sayilgohida oʻzbek va jahon sportining yulduzlari ishtirokida oʻtdi, deya xabar qilmoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi. Ommaviy fleshmob shahrimiz mehmonlari va minglab sportsevar yoshlar uchun unutilmas voqelikka aylandi. Ushbu tadbir Toshkentning tinchlik va doʻstlik rishtalari tutashayotgan dunyo sporti poytaxtiga aylanib borayotganini yana bir karra koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand shahri joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari sayyoramizning eng nufuzli, obroʻli xalqaro tuzilmalaridan biri – Shanxay hamkorlik tashkilotining 22 sammitiga mezbonlik qiladi. Sammitda 15 davlat yetakchisi, oʻndan ortiq xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning koʻzga koʻringan ekspert va tahlilchilari, siyosatshunoslar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sammit doirasida shuningdek, yurtimizning turli hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy mavzularda tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.