Bu haqda “Millar” dasturida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent mutaxassis temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi navbatchilik qismiga temir yoʻl xodimini poyezd bosib ketganligi boʻyicha xabar kelib tushgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Temir yoʻlda konduktor lavozimida ishlovchi 1988-yilda tugʻilgan erkak teplovozga yuk vagonlarini ulayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida relsga yiqilib tushgan va ushbu baxtsiz hodisa yuz bergan.
Voqea joyiga tegishli masʼullar va tez yordam chiqarilgan. Lekin koʻrsatilgan birinchi yordamga qaramasdan xodim voqea joyida vafot etgan.