Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, holat shu yilning 13-iyun kuni soat 19:45 larda Yangihayot tumani Qipchoq -Qurgʻontepa koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 2004-yilda tugʻilgan E.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi va 1979-yilda tugʻilgan D.J. boshqaruvidagi Ford rusumli transport vositasi oʻzaro toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yoʻq.