Joriy yilning 20-dekabr kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani 8-mavze 16-uy qarshisida 1986-yilda tugʻilgan N.A. (ayol kishi) davlat raqami 01 U 577 SB belgili Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH natijasida 2015-yilda tugʻilgan Z.A. va 2013-yilda tugʻilgan M.A.lar tan jarohati olishgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.