Qarorga koʻra, tungi avtobus yoʻnalishlari tarmogʻi brutto-shartnoma asosida harakatlanadi hamda yoʻlkira haqi Toshkent shahrining jamoat transporti yoʻnalishlari bilan bir xil etib belgilanadi.

Yangi avtobuslar:

  • zamonaviy talablarga javob beradi,
  • konditsioner, Wi-Fi va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanadi,
  • imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham moslashtiriladi.

Shuningdek, Toshkent shahar Turizm boshqarmasi va Transport boshqarmasi mutasaddilari yoʻnalishlar, harakat jadvali va qoʻlayliklar haqidagi maʼlumotlarni OAV, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish vazifasi yuklatildi.

Qaror ijrosi ustidan nazorat shahar Kengashining tegishli komissiyasi va shahar hokimining oʻrinbosarlariga topshirildi.