Do'stona muloqot boshida Jahongir Ortiqxo'jayev mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan jahon hamjamiyatiga yo'l ochilganligi sharofati bilan poytaxt barqaror iqtisodiy va rivojlanish yo'lidan borayotganligini ma'lum qildi.
N. Obolenskiy ajratilgan vaqt uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qilayotganidan baxtiyor ekanligini aytdi hamda hozirgi kunda elchixona Shveytsariya va O'zbekiston biznes-doiralari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishga faol ko'maklashayotganini ta'kidladi. Taraflar Shveytsariya kompaniya va texnologiyalarini shahar infratuzilmasini rivojlantirishga jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv yakunida poytaxt hokimi Shveytsariya Konfederatsiyasi korxonalari bilan sermahsul hamkorlikka umid bildirdi.