Qayd etilishicha, nazorat tadbirlarida Toshkent shahridagi VI – XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri oʻtkazilib, yodgorlikning 961 m3 qismiga 27 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, ushbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 m3 qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi taʼminlanib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.